Shivaki HD-430RWEN Series User manual



Hurmatli xaridor!
SHIVAKI sovutgichlarini sotib olganingiz uchun minnatdorchilik bildiramiz. Biz
Sizga funksional va dizayn jihatidan qayta ishlangan, mahsulot sifatiga qo'yilgan
yuqori talablarga mos ishlab chiqarilgan mahsulot taklif etishdan mamnunmiz.
Ishonamizki, SHIVAKI mahsulotlarini sotib olganingizdan xursand bo'lasiz.
Iltimos, foydalanishdan oldin mazkur yo'riqnomani diqqat bilan o'qib chiqing. Unda
maishiy sovutgichlardan xavfsiz foydalanish va uni saqlash yuzasidan muhim ko'rsatmalar
o'rin olgan. Ushbu “Foydalanish bo`yicha qo`llanma”ni ehtiyotlik bilan saqlang.
Quyida ko'rsatilgan shartli belgilar bo'yicha muhim ko'rsatmalar:
Isteʼmolchilarning sog'lig'ini xavf ostiga qo'ymaslik maqsadida qoidalarga rioya qilgan
holda amalga oshirilishi kerak bo'lgan ishlar .
Sovutgichning buzilishini oldini olish uchun amalga oshirilishi kerak bo'lgan ishlar.
Sovutgichlarni ishlatish bilan bog'liq bo'lgan foydali ma'lumotlar va maslahatlar.
**Yulduzcha(lar) variantlarini bildirib, (0-9) yoki (A-Z) orasida bo’ladi.
1
NO FROST MAISHIY SOVUTGICHLAR
MUNDARIJA
Xavfsizlik talablari ……………………………………………………………………………………………………….......2
Foydalanish bo'yicha umumiy qoidalar …………………………………………………………………………....3
Mahsulot tavsifi, modeli, ishlash xususiyatlari ………………………………………………………………....6
Ishlash prinsipi (sozlash va boshqarish) ………………………………………………………………...............9
Tashish, qadoqlash, yuklash va saqlash …………………………………………………………………..........16
Ishga tushirish …………………………………………………………………………………………………….............17
Texnik xizmat ko'rsatish va taʼmirlash ……………………………………………………………………….......18
а) Elektr tarmog'iga ulash
b) Elektrik sxemasi
Nosozliklar va ularni bartaraf qilish usullari.......................…………………………………………......21
FOYDALANISH BO`YICHA QO`LLANMA
O’ZBEKCHA

1. XAVFSIZLIK TALABLARI.
Sovutgich elektr toki ta'siridan himoyalanish toifasi 1- toifaga asosan tayyorlangan,
shu bois sovutgichdan foydalanganda quyidagi elektr xavfsizligi qoidalariga rioya
qiling:
- sovutgichni manbaаga ulashdan oldin uning sozligini, elektr o'tkazgich simining
himoya qobig'i butligini tekshiring;
- sovutgich korpusiga tok o'tkazish qismlarning tegishi kuzatilsa, sovutgichni o'chiring va
kamchilikni bartaraf qilish uchun mutaxassisni chaqirtiring;
- bir vaqtning o'zida sovutgichga va tabiiy yerga ulanishi mavjud bo'lgan qurilmalarga
(gaz plitasi, isitish radiatori, suv quvurlari va h.k.) teginmang;
- sovutgichni yuvishda, uning pol qismini artishda, kamchiliklarni bartaraf etishda
sovutgichni o'chirib, uning vilkasini manbadan uzib qo'ying.
Quyidagi sharoitlarda sovutgichni ishlatish taqiqlanadi:
- o'ta yuqori namlik (xona devori va shiftlari namlik bilan qoplangan bo'lsa), tok
o'tkazuvchi chang;
- kimyoviy aktiv muhitda (tok o'tkazuvchi qismlarni yemiruvchi parlarni doimiy yoki uzoq
muddat mavjud bo'lishi);
- tok o'tkazuvchi polda (metall, tuproqli, temirbetonli).
Yong'in xavfsizligini ta'minlash maqsadida sovutgichga quvvati 2 W dan yuqori bo'lgan
yoritish lampalarini o'rnatish taqiqlanadi.
Sovutgichning sovutish tizimida sovutuvchi agent IZOBUTAN (R600a) mavjud.
DIQQAT! Sovutish tiziming germetikligini saqlang.
Sovutgichning foydalanish yo'riqnomasida ko'rsatilmagan
buyumlar yordamida muzlatgichda hosil bo'lgan muz sathini
ko'chirmang.
Sovutgich ichida elektr qurilmalardan foydalanmang.
DIQQAT! Sovutish tizimi shikastlanganda, xonani to'liq
shamollatish zarur va sovutgich atrofida ochiq olov paydo
bo'lishiga yo'l qo'ymaslik kerak, chunki Izobutan tez
alangalanuvchi gaz.
DIQQAT! Sovutgichni tez alangalanuvchi va yong'in tarqatuvchi buyum va jismlarga
(parda, lak, bo'yoqlar va boshqa.) yaqin joylashtirmang.
Sovutgichning mebelga, ichki sathga yopishtirilishi natijasida orqa devori bilan xona
devori orasidagi oraliqni to'sib qo'yish TAQIQLANADI.
Yong'in xavfsizligini ta'minlash maqsadida quyidagilar TAQIQLANADI:
—tok kuchlanishidan himoyasi nosoz bo'lgan elektr tarmog'iga sovutgichni ulash. Elektr
tarmog'ida 10 A ga mo'ljallangan himoya qurilmasi mavjud bo'lishi kerak;
— sovutgichni ulashda, tabiiy yerga ulanishi bo'lmagan rozetkadan foydalanish;
— sovutgichni elektr tarmog'iga ulashda, qo'shimcha qurilmalardan, ko'p o'rinli
rozetkalardan (ikki va undan ortiq o'rinli ulanishli) foydalanish;
2
BLOWING GAS: CYCLOPENTANE R600a
R600a
Cyclopentane
FOYDALANISH BO`YICHA QO`LLANMA
O’ZBEKCHA

3
— sovutgichda yaxshi berkitilmagan idishlarda kuchli spirtli ichimliklarni (spirt miqdori 40%
va yuqori) saqlash;
— sovutgichda portlovchi moddalarni saqlash;
— muzlatgichda yaxlovchi suyuqliklarni shisha idishlarda saqlash;
— kompressordagi erigan suvni to'plovchi idish mavjud bo'lmasa sovutgichni ekspluatatsiya
qilish;
— sovutgich ustiga boshqa elektr qurilmalarni o'rnatish (masalan, mikroto'lqinli pech,
tоster va h.k.) hamda suyuqlikli idishlar, xona o'simliklari (elektr o'tkazish qismlariga namlik
tushishi).
2. FOYDALANISH BO'YICHA UMUMIY QOIDALAR
Ikki kamerali maishiy sovutgichlar (keyingi o'rinlarda matnda – sovutgich)
mahsulotlarni sovutilgan va muzlatilgan holatda saqlash, oziq-ovqat muzini
tayyorlash hamda ichimliklarni sovutish uchun mo'ljallangan.
Sovutgichni ishlatishda atrof-muhit harorati +16°C dan +38°C gacha bo'lishi talab etiladi.
Sovutgich chastotasi 50 Hz o'zgaruvchan tok va kuchlanishi 220(±10%) V bo'lgan manbada
ishlaydi.
Sovutgichni harid qilishda uning ishlashini, 3-bo'limdagi jadvalga muvofiq butligini hamda
unda mexanik shikastlar yo'qligini sotuvchi ishtirokida tekshirib oling.
Sovutgich sotilgandan keyin ishlab chiqaruvchi undagi mexanik shikastlar va uning butligi
yuzasidan e'tirozlarni qabul qilmaydi.
Sovutgichlar quyidagi qulayliklarga ega:
- tokchalarni turli balandlikda o'rnatish imkoni;
- erigan suvni sovutgichdan tashqariga chiqib ketishi;
- sovutish va muzlatish kameralarini avtomatik tarzda eritish;
- sovutish va muzlatish bo`limlarining kengligi.
Diqqat: Sovutgich kafolat talonida mahsulot sotilgan sana va savdo tashkiloti muhri
qo'yilishini talab qiling.
Sovutgich tuzilishi doimiy ravishda takomillashib boradi, shu bois ushbu
yo'riqnomada ko'rsatilmagan o'zgarishlar bo'lishi mumkin. Sovutgich qismlarining
joylashishi 3-bo'limda keltirilgan.
Sovutgich qadog'ini oching va uni transportirovka qutisidan chiqaring. Sovutgich uchun
poydevor bo`lib xizmat qiluvchi qo`shimcha taglikni (4-rasm) olib tashlang. O'rnatuvchi
tirgak yordamida sovutgichni polga mustahkam o'rnatilishini ta'minlang, bunda yuqori sathi
gorizontal holatda bo'lishi kerak.
Sovutgich eshigi mustaqil ravishda, sizning yordamingizsiz yopilishi uchun o'rnatuvchi tirgak
yordamida (1-rasm) sovutgichni orqa tomonga (5-7mm) qiyalikda joylashtiring.
Sovutgichni ishlatishdan avval ichki va tashqi tomonini sovun yordamida iliq suvda yuving,
quruq qilib arting va eshigini ochib bir soat davomida shamollating.
Sovutgichni issiqlik manbalaridan uzoqroqda, quyosh nurlari tushmaydigan joyga o'rnating
(2-rasm).
FOYDALANISH BO`YICHA QO`LLANMA
O’ZBEKCHA

4
2 rasm
Sovutgichni ishga tushirishdan oldin uning eshigini ochgan holda kamida 12 soat
davomida xona haroratida saqlang. Xona haroratida ushlab turilmagan
sovutgichni darhol ishga tushirish motor kompressorni buzilishi va sovutish tizimiga moy
haydalishi mumkin. Bu esa sovutgichni ishdan chiqishiga olib keladi.
Sovutgichlarda ehtiyojga ko'ra eshiklar ochilishi holatini qarama-qarshi holatga
o'zgartirish mumkin. Bu jarayon 1- ilovada ko'rsatilgan.
Sovutgich rozetkaga shtepselli vilka orqali ulanadi. Sovutgichni tarmoqqa ulashdan avval,
manbaаdagi kuchlanish, sovutgichning ichki qismiga biriktirilgan yorliqda keltirilgan
kuchlanishga muvofiqligini tekshirish zarur.
Mahsulotlarni saqlash.
0°C dan yuqori haroratda saqlanishi kerak bo'lgan yangi mahsulotlarni sovutish
kamerasiga joylashtiring.
Yodingizda tuting, muzlatgichdan pastda joylashgan bo'limdagi harorat, sovutish kamerasi
quyi qismidagi haroratdan past, shu bois tez ayniydigan mahsulotlarni yuqoriga
joylashtirishingizni maslahat beramiz. (HD-430RWEN** va HD-455RWEN** modellarda
aksincha). Sovutgichda harorat rejimi elektron tablo yordamida avtomatik boshqariladi
1-jadvalda mahsulotlarni taxminiy saqlash muddati keltirilgan.
FOYDALANISH BO`YICHA QO`LLANMA
O’ZBEKCHA

5
1 jadval
Mahsulotlar
Saqlanish muddatlari kun hisobida
1
2
3
4
5
6
7
8 9 10 11 12
Yаngi baliq
Hom go`sht
Go`sht
qiymasi
Yоg’
Sir
Sut, qaymoq
Tuxum
Meva,
sabzavotlar
Ta’mining sifati buzilmagan xolda
Ta’mining sifatini qoniqarli darajada saqlash
Muzlatilgan holatda uzoq muddat saqlashga mo'ljallangan mahsulotlarni, avvalo polietilen
sellofanga yoki alyumin zarga o'rab, muzlatgichga joylashtiring.
Qadoqlanmagan mahsulotlarni hamda o'tkir hidli yoki o'ziga hid oluvchi mahsulotlarni
sellofanga, polietilen sellofanga yoki alyumin zarga o'rab saqlang. Yoqimsiz hidlarni paydo
bo'lishini oldini olish maqsadida dori vositalarini germetik qadoqsiz saqlash taqiqlanadi.
Suyuqliklarni ochiq idishlarda qadoqlanmagan holda saqlash muzlatgich eshigini
terlashiga va sovutgichning ishlash prinsipini yomonlashishiga olib keladi.
Sovutgichni devordan alohida ajratgan holda joylashtirishda devor va sovutgich
o'rtasidagi masofa 50 mm dan kam bo'lmasligi lozim. Bu sovutgichdan ajralib chiqayotgan
havo oqimi yo'nalishining to'g'ri harakatlanishiga xizmat qiladi (3-rasm).
1-rasm 3-rasm
FOYDALANISH BO`YICHA QO`LLANMA
4-rasm
O’ZBEKCHA

3. MAHSULOT TAVSIFI, MODELI, ISHLASH XUSUSIYATLARI
Texnik ko'rsatkichlar 2-jadval
FOYDALANISH BO`YICHA QO`LLANMA
HD-360FWENH HD-395FWENH
278 305
218 245
60 60
60 63
55 58
666*766*1555 666*766*1670
595*716*1490 595*716*1608
Sovutgich kamerasi harorati, °C° 0 dan +12gacha 0 dan +12gacha 0 dan +12gacha 0 dan +12gacha
-18 -18 -18 -18
Muzlatgich kamerasi harorati, °C°
Tehnik tasnif Modellar
6
2.7
42 42 42 42
HD-430RWEN** HD-455RWEN**
330 350
232 252
98 98
-- --
666*724*1940
595*676*1870
666*724*2015
595*676*1952
76
70,5
77
71,5
12 12
286 293
O’ZBEKCHA

Sovutgich butlovchi qismlarining jamlanishi 4 va 5 jadvallarda keltirilgan. 4-jadval*
FOYDALANISH BO`YICHA QO`LLANMA
* - Sovutgich tuzilishi doimiy ravishda takomillashib boradi, shuning uchun ayrim
o'zgarishlar bo'lishi mumkin.
5-jadval*
7
HD-430RWEN** HD-455RWEN**
Muzlatgich kamerasi oynali tokchasi 1
3 3
Tarkibiy qismlar Modeli
1
Muzlatish va saqlash uchun quti
Sovutgich kamerasi katta oynali tokcha 33
Sabzavot va mevalar savati oynali qopqogi 11
Tokcha katta 11
Tokcha o`rtacha 11
22
Tokcha kichik
Quti (sabzavot va mevalar uchun) 11
Eshikning qo`shimcha qismlari 22
Tuxum uchun savatcha 22
Muz qolipi 11
Foydalanish bo`yicha qo`llanma 11
HD-360FWENH HD-395FWENH
Muzlatish kamerasi tokchasi 1
1
Tarkibiy qismlar Modeli
Muz qoliplar uchun jamlanma (ledogenerator)
Muzlatgich kamerasi eshigining tokchasi 2
Sabzavot va mevalar savati oynali qopqog`i 1
Tokcha katta 1
Tokcha o`rtacha -
2
Tokcha kichik
Quti (sabzavot va mevalar uchun) 1
Sovutgich kamerasi katta oynali tokcha 2
Tuxum uchun savatcha 2
Uzoq muddat saqlashga mo`ljallangan tokcha 1
Foydalanish bo`yicha qo`llanma 1
1
1
2
1
1
1
2
1
2
2
1
1
O’ZBEKCHA

8
Sovutgich qismlarining joylashishi
1 - Muzlatgich kamerasidagi tokcha;
2 - Tokcha o`rtacha;
3 - Tokcha kichik;
4 - Tokcha katta;
5 - Muz qoliplar uchun jamlanma (ledogenerator);
6 - Muzlatgich kamerasi tokchasi;
7 - Uzoq muddat saqlashga mo`ljallangan tokcha;
8 - Chiroq o`chirgich;
9 - O`rnatuvchi tirgak;
10 - Sovutgich kamerasi oynali tokcha;
11 - Sabzavot va mevalar savati oynali qopqog`i;
12 - Quti (sabzavot va mevalar uchun);
13 - Muzlatish va saqlash uchun quti;
14 - Muzlatgich kamerasi oynali tokchasi.
5-rasm
FOYDALANISH BO`YICHA QO`LLANMA
11
2
4
3
5
6
7
8
1
10
11
12
13
14
9
HD-430RWEN**
HD-455RWEN**
HD-360FWENH
HD-395FWENH
8
O’ZBEKCHA

9
4. ISHLASH PRINSIPI
Boshqaruv displeyidan foydalanish.
FOYDALANISH BO`YICHA QO`LLANMA
TIP А
TIP С
2. Displey
1: Sovutgich kamerasining harorati; 2: Muzlatgich kamerasining harorati; 3: Sovutgich
kamerasining belgisi; 4: Muzlatgich kamerasining belgisi; 5: Eng sovuq bo`limini tamg`alash
belgisi; 6: Sovutish kamerasini boshqarish tugmasi; 7: Muzlatish kamerasini boshqarish
tugmasi; 8: Tez sovutish rejimini boshqarish tugmasi; 9: Tez muzlatish rejimini boshqarish
tugmasi; 10: Energiyani saqlash rejimini boshqarish tugmasi; 11: Ta`til rejimini boshqarish
tugmasi; 12: Qulflash va qulfdan chiqarish tugmasi.
ABCDEQ
1. Belgilar
A: Tez sovutish belgisi; B: Tez muzlitish belgisi; C: Qulflash va qulfdan chiqarish belgisi;
D: Ta`til belgisi; E: Tejamkorlikni boshqarish belgisi; Q: Ogohlantiruvchi signal belgisi.
1
2
3
4
5
6
8
10
7
9
11
12
TIP B
min
max
optimal
1
2
3 5
6
Temp. control
O’ZBEKCHA

10
3. Sovutgich kamerasi (FRIDGE)
Sovutgichdagi haroratni 1 dan 7 gacha bo`lgan diapazonda o`rnatish uchun “FRIDGE”
( ) tugmachasini bosing. Avtomat tarzda o`rnatilgan harorat ko`rsatgichi 5 ga teng
bo`lib, “FRIDGE” tugmachasi har safar bosilganda, harorat quyidagi tartibda o`zgaradi,
harorat indikatori esa siz istagan haroratni aks ettiradi.
4. Muzlatgich kamerasi (FREEZER)
Muzlatgich kamerasidagi haroratni -15 dan -23 gacha diapazonda o`rnatish uchun
“FREEZER” ( )tugmachasini bosing. Avtomat tarzda o`rnatiladigan harorat ko`rsatgichi -19
ga teng bo`lib, “FREEZER” tugmachasi har safar bosilganida, harorat quyidagi tartibda
o`zgaradi, harorat indikatori esa siz istagan haroratni aks ettiradi.
5. Super cool (tez sovutish) rejimi
Tez sovutish rejimini yoqish uchun Super cool tugmachasini bosing. Displeyda Super cool
indikaroti ( ) yonadi. Ushbu rejimda sovutgich kamerasidagi haroratni 8 soat davomida +1
±1 darajagacha oraliqda bo`ladi. Sovutgich kamerasi 8 soatdan keyin avtomat tarzda Tez
sovush rejimidan chiqadi va harorat ko`rsatgichi 5 ga tushadi. Ushbu rejimda muzlatish
kamerasi harorati o´zgarishsiz qoladi. Super cool rejimini behosdan faollashtirilgan holatda,
standart rejimga o`tish uchun FRIDGE tugmasini qayta bosish tavsiya qilinadi.
6. Super freezer (tez muzlatish) rejimi
Tez muzlatish rejimini yoqish uchun Super freezer tugmachasini bosing. Displeyda Super
freezer indikatori ( ) yonadi. Ushbu rejimda muzlatgich kamerasidagi harorat 24 soat
mobaynida -25 darajagacha (muzlaydi) chiqadi va bu ko`proq iste`mol muzini tayyorlash
uchun xizmat qiladi. Muzlatgich kamerasi 24 soatdan keyin buyurilgan haroratga etganda,
avtomat tarzda Tez muzlatish rejimidan chiqadi va harorat ko`rsatgichi -19 ga tushadi.
Ushbu rejim ishlagan davrda elektr energiya sarfi ham oshadi. rejimini Super freezer
behosdan faollashtirilgan holatda, standart rejimga o`tish uchun FREEZER tugmasini qayta
bosish tavsiya qilinadi.
7. Energiyani saqlash (ECO) rejimini ishga tushirish va o`chirish.
Energiyani saqlash rejimini tanlash uchun “ECO” tugmasini bosing va energiyani saqlash
rejimiga o`ting. Displeyda “ECO” indikatori ( ) yonadi. “ECO” rejimi vaqtida sovutgich va
muzlatgich haroratini chegaralaydi yani sovutgich kamerasidagi harorat +6 tashkil qilsa,
muzlatgich kameradagi harorat -16 tashkil qiladi. “ECO” rejimi siz uzoq safarga yoki uyda
bo`lmagan davrlarda elektr energiya sarfini kamaytirish uchun xizmat qiladi.
“ECO” rejimini o`chirish uchun “FREDGE” va “FREEZER” bir vaqtda bosish yo`li bilan amalga
oshiriladi.
FOYDALANISH BO`YICHA QO`LLANMA
O’ZBEKCHA

11
8. TA`TIL (VACATION) rejimini ishga tushirish
Ta`til rejimini tanlash uchun “VACATION” tugmasini bosing va ta`til rejimiga oting.
Displeyda “VACATION” indikatori ( ) yonadi. Ushbu rejim siz uzoq muddatga ta`tilga yoki
xizmat safariga jo`nab ketganingizda va sovutgichdan foydalanish zarurati bo`lmaganida
energiya iste`molini minimal darajada kamaytirish uchun xizmat qiladi. Vacation funksiyasi
aktivlashtirilganda muzlatish kamerasi ishlab turadi. Ushbu rejim yoqilgan paytda sovutgich
kamerasida harorat bir meyorda +15 , muzlatgich kamerasida esa -17 darajaga
tushirishni ta`minlaydi. Ushbu rejimni uzoq vaqt uyda bo`lmagan paytda ishlatish tavsiya
qilinadi. TA`TIL (VACATION) rejimini behosdan faollashtirilgan holatda, standart rejimga
o`tish uchun FRIDGE yoki FREEZER tugmasini qayta bosish tavsiya qilinadi.
9. Qulflash va qulfdan chiqarish funksiyasi
Ushbu funksiyasini yoqish uchun bir vaqtning o`zida “ECO” va “ ” tugmalarini 1 VACATION
soniya ushlab tursangiz displey qulflanadi. Displeyda qulf indikatori ( ) yonadi va hech bir
tugma ishlamaydi. Displeyni qulfdan chiqarish uchun bir vaqtning o`zida “ECO” va
“ ” tugmalarini 3 soniya ushlab tursangiz displey qulfdan chiqadi. Displeyda qulf VACATION
indikatori ( ) qulfsizlanadi.
Amallar bajarilgandan so`ng displey chirog`i 30 soniyadan so`ng faolsizlanadi. Displeyni
qayta faollashtirish uchun istalgan tugmani bosish kifoya.
10. Eshikni boshqarish
Sovutish kamera eshigini ochgan vaqtda displey va sovutgich ichki chirogi yonib turadi.
Sovutgich eshigini har ochganda signal chalinmaydi. Agar sovutish kamerasi to`liq yopilmasa
yoki 2 daqiqadan ortiq vaqt davomida ochiq qoldirilsa displeyda “BUZZER” ogohlantiruv
indikatori ( ) yonadi, tizim bu haqida signal orqali ogohlantiradi. Eshik yopilgach signal
o`chadi.
11. Sovutgich displeyidagi 3 yulduzchali belgi ( )
Ushbu belgi sovutgichdagi muzlatish darajasi -18 va yuqori harorat darajaga ko`tariladi.
Bu esa ba`zi mahsulot turlarini bir yilgacha saqlash imkonini beradi. Har bir yulduzcha (*)
-6 darajani anglatadi.
12. Nosozliklar to`grisida xabar
Displeyda E1-E7 belgilari aks ettirilsa, sovutgich ishlashida nosozliklar mavjudligidan xabar
beradi. Ba`zi nosozliklar holatida qurilma ishlashni davom ettirishi mumkin, biroq ta`mirlash
ishlarini tezda amalga oshirish lozim bo`ladi. (HD-430RWENE va HD-455RWENE modellari uchun)
FOYDALANISH BO`YICHA QO`LLANMA
Xabar
Nosozliklar
E 1 E 2 E 3 E 4 E 5 E 6 E 7
Muzlatish
kamerasi
harorat
sensori
Sovutish
kamersi
harorat
sensori
Ventilyatorda
nosozlik
Muzlatish
kamerasi
eritish
sensori
Tashqi
muhit
sensori
Eritish
sistemasida
nosozlik
Displeyda
nosozlik
O’ZBEKCHA

12
Iste'mol muzini tayyorlash.
Muz qolipini o`zingizga tortgan holda chiqarib oling. Qolipga to'lishiga 4-5 mm
qolgungacha ichimlik suvi quying. Ehtiyot bo`lib suvni to`kib yubormang holda
qolipni yana ushlagichga qaytib qo`ying. tayyorlanadi. Muz kubiklari, qolipdan xona
haroratida 5-6 daqiqa turgandan so'ng ajraladi.
Qolip ostida savatcha borligiga ishonch hosil qiling. Agar bo`lmasa uni o`rnating. Qolip
aylanishni boshlamaguncha ruchkalardan birini soat mili yo`nalishi bo`yicha burang.
Natijada muz kubiklari savatchaga tushadi. Agar zarur bo`lsa qolipning ikkinchi yarmi uchun
ushbu ketma-ketlikni takrorlang. Muz savatchani chiqarib olish uchun quyidagi harakatni
bajaring.
- Uni ko`taring
- O`zizngizga torting
Hech qachon suyuq solingan shisha butilkalarni muzlatish kamerasiga qo`ymang,
negaki undagi suyuqlik muzlaganda shisha yorilib ketishi mumkin.
Agar uzoq muddat davomida uyda bo`lmaydigan bo`lsangiz sovutgichni
mahsulotlardan bo`shating va uni o`chiring. Sovutgich ichidagi ho`lni artib tashlang
va eshikni ochiq qoldiring. Bu yoqimsiz hid va mog`or hosil bo`lishini oldini olishga
yordam beradi. Agar sovutgich uzoq vaqt foydalanilmaydigan bo`lsa quvvat simi vilkasini
rozetkadan sug`iring.
Muzlatish kamerasida ko`proq joy ochish uchun jihozni hech qanday asbop uskuna
yordamisiz olib qo`yish mumkin bo`lgan qo`shimcha elementlarni olib qo`yish mumkin,
masalan, polkalar, muz tayyorlash uchun aylanuvchi qolip, muz savatchalari va ularni
ko`tarib turuvchi elementlar. Sovutgichning harorat va mexanik xarakteristikalariga bu ta`sir
ko`rsatmaydi. Ko`rsatilgan muzlatish kamerasi sig`imi undagi barcha predmetlarni chiqarib
olib qo`ygandan keyingi sig`im ko`rsatgichidir.
Displeyli modellarda signalizatsiya funksiyasi eshik ochiq holatda bo`lganda ishlaydi.
Shuningdek muzlatish kamerasi eshigi yopilgan holatda ekanligini ham tekshiring, muzlatish
kamerasi eshigi ochiq holatda bo`lganda signal yangramaydi, (displeysiz modellarda ham).
Eshiklar yopilgan holatda ekanini tekshiring.
FOYDALANISH BO`YICHA QO`LLANMA
O’ZBEKCHA

13
Sovutgich qismlarini olib qo`yish.
Sovutgich qismlarini yig`ishda sovutgich kamerasi tokchalari, muzlatgich kamerasi
tokchalarini muvofiq holatda qo`ying, ularni tepasini pastga qaratib qo`ymang. Bu
jarohat yoki qurilmaga zarar yetishiga olib kelishi mumkin.
Muz qolipi va qutini chiqarib oling so`ng muz qolipi tayanchini chiqarib oling.
Muz qolipi tayanchlarini tortib olishda ehtiyot bo`ling, negaki u birdaniga siz tomonga qarab
siljib borishi mumkin.
Yig`ish uchun muz qolipi tayanchini o`yiqlar ustiga shunday qo`yinki, o`ng tomon baland
bo`lsin. Uning o`rta qismini pastdan ushlab turing, muz qolipi tayanchini o`z joyiga
tushgunga qadar itaring.
Muzlatish kamerasi tokchasini ozgina ko`tating va uni oldinga suring, so`ng muz qolipi va
qutini chiqarib oling. Muz qolipi tayanchini chiqarib oling.
FOYDALANISH BO`YICHA QO`LLANMA
O’ZBEKCHA

Sovutgich tokchalarini o`zingizga torting.
Sovutgich tokchalarini olib qo`yishda, agar eshikni lang ochishni imkoni bo`lsa tokchalarni
oldinga torting, biroz ko`tarib so`ng chiqarib oling.
Sovutgich tokchalarini olib qo`yishda, agar eshikni lang ochish mumkin bo`lmasa,
tokchalarni oldinga torting , biroz ko`taring so`ng chiqarib olish uchun ularni qiyaroq qiling.
Tokchalarni qayta joyiga qo`yishda “Safety Glass” belgisi bo`lgan tomonini sovutgichning old
tarafiga qo`yilganligiga ishonch hosil qiling.
Harorat nazorati
Muzlatgich va sovutgich kamerasida haroratni kafolatlash uchun OPTIMAL rejimi
sovutgichni barqaror ishlashiga sozlashni tavsiya qilamiz. Agar sovutgichdagi ovqat
muzlagan bo`lsa yoki sovutgich haroratni ko`tarmoqchi bo`lsangiz muzlatgich kamera
haroratini boshqarish moslamasini chapga suring.
Qishki vaqtda muz hosil qilish uchun muzlatgich kamera haroratini boshqarish moslamasini
o`ngga suring.
Yozda (35C dan yuqori) muzlatgich kamera haroratni boshqarish moslamasini OPTIMAL
rejimiga suring.
14
FOYDALANISH BO`YICHA QO`LLANMA
Refrigerator
max
min Freezer
max min
Optimal
Refrigerator
max
min Freezer
max min
Optimal
Refrigerator
min Freezer
Optimal
Refrigerator
max
Freezer
max min
Optimal
min
max
optimal
1
2
3 5
6
Temp. control
O’ZBEKCHA

15
Muzlatgich kamera haroratini sozlash.
Agar muzlatuvchi kamera haroratini pasaytirmoqchi bo`lsangiz muzlatuvchi kamera
haroratini boshqarish moslamasini o`ngga suring.
Agar muzlatgich kamera haroratini ko`tarmoqchi bo`lsangiz muzlatgich kamera haroratini
boshqarish moslamasini chapga suring.
Qishki vaqtda muzlatgich kamera haroratini boshqarish moslamasini o`ngga suring.
Aks holda muzlatgich ishlashida muammo paydo bo`lishi mumkin.
Yozda (35C dan yuqori) muz hosil qilish uchun muzlatuvchi kamera haroratini boshqarish
moslamasini o`ngga surmang. Aks holda muzlatgichning ishlashida muammo paydo bo`lishi
mumkin.
Sovutgich kamera haroratini sozlash.
Agar sovutgich siz istaganday sovuq bo`lmasa yoki muzlatgich haroratini
pasaytirmoqchi bo`lsangiz sovutgichning haroratni nazorat qilish moslamasini 5-6 ga
yoki displey modelli sovutgichlarning haroratni 1 ga qo`ying. Agar sovutgichdagi
ovqat muzlab qolgan bo`lsa yoki muzlatgich kamera haroratini ko`tarmoqchi bo`lsangiz
sovutgichning haroratni nazorat qilish moslamasini 1-3 ga yoki displey modelli
sovutgichlarning haroratni 3-7 ga qo`ying. Qishki vaqtda sovutgichning harorat nazorat
qilish moslamasini 1-2 ga yoki displey modelli sovutgichlarning haroratni 3-7 ga qo`ymang.
FOYDALANISH BO`YICHA QO`LLANMA
Refrigerator
max
min Freezer
max
Optimal
Refrigerator
Freezer
min
Optimal
Refrigerator
max
min Freezer
max min
Optimal
Refrigerator
Freezer
Optimal
Refrigerator
max
min Freezer
max min
Optimal
Refrigerator
Freezer
Optimal
min
max
optimal
1
2
3 5
6
Temp. control
O’ZBEKCHA

16
FOYDALANISH BO`YICHA QO`LLANMA
Yozda (35C dan yuqori) sovutgichning haroratni nazorat qilish moslamasini 4-6 ga yoki
displey modelli sovutgichlarning haroratni 1-2 ga qo`ying. Aks holda sovutgich ishlashida
muammolar paydo bo`lishi mumkin.
ESLATMA: Muzlatgich kamerasi devorlari shikastlanishini oldini olish maqsadida
muzni ketkazish yoki muzlagan mahsulotlarni ajratib olishda o`tkir tig`li
predmetdan foydalanmang.
Sovutgichda elektr energiya sarfini kamaytirish maqsadida, quyidagilarni maslahat beramiz:
- sovutgichni belgilangan talablarga muvofiq o'rnatishni;
- issiq mahsulotlarni sovutgichga joylashdan oldin, xona haroratigacha sovutishni;
- eshik ochilishlar sonini va davomiyligini kamaytirishni;
Sovutgich uzoq muddat foydalanish uchun mo'ljallangan, shu sababli uni tarmoqdan
uzganda shnurni u shikastlanmaydigan holda joylashtirish kerak, shundan so'ng uni tozalash
mumkin.
Sovutgichni oyiga kamida bir marta tozalab turing.
ESLATMA: Sovutgich ishlaganda kompressor yuzasi va sovutgich ikki yon tashqi devorlari
90°C gacha qizishi mumkin. Kompressor ishga tushishi va to'xtashi davomida sovutgich
sifati va ish faoliyatiga ta'sir ko'rsatmaydigan shovqin paydo bo'lishi mumkin.
5. TASHISH, QADOQLASH, YUKLASH VA SAQLASH
Tashish. Sovutgichni tashishda kompressordan yog', ichki qurilmalarga to'kilishini oldini
olish maqsadida kompressor, albatta, avtomobil kuzoviga tik holatda mahkamlangan
bo'lishi lozim. Agar sovutgichni tik holatda o'rnatishning imkoni bo'lmasa ko'rpus ko'pi bilan
40 daraja qiyalikda joylashtirilishi mumkin.
Sovutgichni mahkamlashda tashish paytida uning ustki qatlami tirnalmasligi uchun metall
xalqali maxsus yumshoq arqondan foydalaniladi. Shuningdek, sovutgichni tashishda iqlim
xususiyati ham inobatga olinishi kerak, imkon qadar tashish yopiq avtomobilda amalga
oshirilishi maqsadga muvofiq.
Qadoqlash. Sovutgichni tashishdan oldin undagi barcha yordamchi jihozlar (tokchalar,
qutilar va boshqalarni) ni chiqarib olib, sinchkovlik bilan qadoqlash lozim. Qadoq o'rami
sovutgich va transport vositasi turi, qolaversa tashish masofasiga qarab amalga oshiriladi.
Sovutgichni gorizontal joylashtirish
mumkin emas, uni tik holatda
joylashtiring. Bunda qutidagi
ko'rsatkich tepaga qaratilgan
holatda bo'lishi lozim.
Sovutgich qulab ketmasligi
uchun tashish paytida uni qattiq
mahkamlang
O’ZBEKCHA

17
Qadoqlashda karton, penoplast, polietilen hamda havo-pufakchali materiallardan
foydalanish mumkin. Bo'yalgan sath shikastlanishini oldini olish maqsadida sovutgich ostiga
karton yoki qalin mato tashlab qo'yilishi mumkin. Tashish jarayonida sovutgichni
chayqalishdan saqlash uchun uning atrofini tayanch pona yoki qistirma bilan chegaralab
qo'yish maqsadga muvofiq. Shuningdek, sovutgichning eshigi mahkam yopilganligiga
hamda tashish paytida ochilib ketmasligiga ishonch hosil qilinishi mumkin. Buning uchun
sovutgich eshigi yumshoq arqon bilan mahkamlanishi kerak.
Yuklash. Sovutgichni avtomobilga yuklash muhim ahamiyatga ega. Sovutgich
kompressorlari prujinada osilgan holatda turishini inobatga olib yuklashda silkinish va
zarbalarga yo'l qo'yilmasligi kerak. Chunki kompressorga misdan tayyorlangan mo'rt
quvurlar o'rnatiladi va ular kuchsiz silkinishda ham shikastlanishi mumkin.
6. ISHGA TUSHIRISH
Elektr tarmog'iga ulash.
Sovutgichni elektr tarmog'iga ulashda, qo'shimcha qurilmalardan, ko'p o'rinli rozetkalardan
(ikki va undan ortiq o'rinli ulanishli) foydalanish TAQIQLANADI. Bu shnurning qizib
ketishiga yoki yong'in kelib chiqishiga sabab bo'lishi mumkin. Sovutgichda maxsus
o'chirish tugmasi mavjud emas. Shuning uchun unga elektr ta'minotini nazorat
qiluvchi moslama o'rnatilishi maqsadga muvofiq. Mazkur moslama sovutish
priborining uzluksiz ishlashini ta'minlaydi. Sovutgichning tarmoq vilkasi elektr tarmog'i
rozetkasiga mahkam o'rnatilishi va yerga ulanishi (zazemleniya) mavjud bo'lishi lozim. Tok
kuchi va elektr tarmoq manbasi chastotasi ishlab chiqaruvchi o'rnatgan holatda bo'lishi
kerak.
FOYDALANISH BO`YICHA QO`LLANMA
Yuklashda va tushirishda
sovutgichning yuza qismi
yuqoriga qarab turganligiga
ishonch hosil qiling.
Sovutgichni tashishda uni bir
o'zingiz ko`tarmang, boshqalar
yordamidan foydalaning.
Sovutgichni ikki yoki uch
kishi bo'lib ko`tarish lozim
hamda uning yuzasi yuqoriga
qarab turganligiga ishonch
hosil qilinishi kerak.
Agar sovutgichlar yonma-yon
joylashtirilgan bo'lsa ularning
qulab ketishi yoki boshqa inson
shikastlanishini oldini olish
maqsadida ular o'zaro
mustahkam mahkamlanganiga
ishonch hosil qilinishi lozim.
Saqlash. Qadoqlangan sovutgichni yopiq binoda tabiiy shamollatish sharoitida havoning
nisbiy namligi 80% dan ko'p bo'lmagan holda saqlash lozim. Agar sovutgich uzoq vaqt
davomida ishlatilmasa uni elektr tarmog'idan uzib, undagi barcha mahsulotlarni chiqarib,
muzlatish kamerasini eritish hamda sovutgichni tozalash tavsiya etiladi. Tozalash
yakunlangandan so'ng kameralarda noxush hid bo'lmasligi uchun sovutgich eshigini biroz
ochiq qoldirilishi lozim.
O’ZBEKCHA

18
Elektr kabel o'tkazishda kabelning xususiyatlari amaldagi qonunchilik me'yorlari (yerga
ulanish, ta'minotning qo'shimcha manbalaridan foydalanish, elektr tokini nazorat qilish
moslamasini o'rnatish va boshqa)ga muvofiq bo'lishi lozim. Sovutgichni tarmoqqa ulashdan
avval, manbaadagi kuchlanish, sovutgichning orqa tomonida biriktirilgan yorliqda keltirilgan
kuchlanishga muvofiqligini tekshirish zarur. Yuqorida keltirilganlar bo'yicha savollar tug'ilsa
mutaxassisga murojaat qiling.
FOYDALANISH BO`YICHA QO`LLANMA
7. TEXNIK XIZMAT KO'RSATISH VA TAʼMIRLASH
Sovutgichni o'rnatish va ishlatishni noto'g'ri amalga oshirish hamda o'z vaqtida
tozalamaslik nosozliklar keltirib chiqarishi mumkin.
Sovutgichdagi nosozliklar hamda uni ta'mirlashga ketadigan ortiqcha
xarajatlarning oldini olish uchun quyidagi texnik qoidalarni bilish va ularga amal qilish
lozim:
1. Sovutgich o'chirilgandan keyin uni qayta yoqish uchun 5 – 7 daqiqa kutib turing, uni
barvaqt yoqish kompressor motori ish faoliyatiga nosozlik keltirib chiqarishi mumkin.
2. Sovutgichni tozalab bo`lgandan so'ng mahsulotlarni darhol joylamang. O'rnatilgan
harorat sharoitida ish boshlashini kuting.
3. Termoregulyator ko'rsatkichlarini o'rtachadan yuqori o'rnatmang. Bu to'g'ri emas. Agar
termoregulyator ko'rsatkichlari maksimum darajaga qo'yilsa harorat sezilarli darajada
tushadi va sovutish agregati yuklamasi ortadi.
4. Sovutgichni tozalashda iliq suvdan foydalanish tavsiya etiladi. Sovutgichni tozalashda
yumshoq latta yoki jun matodan foydalanish mumkin. Sovutgichni tozalashda pichoq va
boshqa o'tkir jismlardan foydalanish mumkin emas.
O’ZBEKCHA
This manual suits for next models
5
Table of contents
Languages:
Other Shivaki Refrigerator manuals
Popular Refrigerator manuals by other brands

Koolatron
Koolatron KBC-130 owner's manual

AGA marvel
AGA marvel Mercury MMCFDR23 User instructions

Whirlpool
Whirlpool ED25PWXTW00 Use & care guide

Frigidaire
Frigidaire FRS26ZSG Factory parts catalog

Hotpoint
Hotpoint HTS17GCSERWW and Owner's manual and installation instructions

Beko
Beko CSA270M20W Instructions for use

Frigidaire
Frigidaire FRT18H6CS Factory parts catalog

Frigidaire
Frigidaire GHSC39EE Factory parts catalog

Hotpoint Ariston
Hotpoint Ariston BSZ 2332 operating instructions

KitchenAid
KitchenAid KSRV22FVBL02 User instructions

Frigidaire
Frigidaire FRS6HR5J parts catalog

Polar Refrigeration
Polar Refrigeration GL001 instruction manual